2022 KDB Global Leadership Program Announcement: Barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi Koreada bo‘lib o‘tadigan kores tili kursi
Muddati:
30.04.2022
Davlat:
Janubiy Koreya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
The KDB Global Leadership Program: Hozirda yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, liderlik qobiliyatlariga ega bo‘lgan talabalarni 10 haftalik (2 haftasi koreada bo‘lib o‘tadi) onlayn til kurslariga taklif etadi. Ushbu dasturga istalgan yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalaviriat, magistratura hamda doktorantura talabalari qatnashishi mumkin.
Foydali jihatlari:
- Kurs mutlaqo bepul;
- Nomzodlar kurs uchun bepul matariallar bilan ta’minlanadi;
- Butun kurs 10 haftani tashkil etadi, hamda 8 hafta onlayn va 2 hafta oflayn Koreada bo‘lib o‘tadi (2 haftalik oflayn treyning uchun barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi: oziq ovqat aviabiletlar hamda turar joy);
- ‘Excellent Trainee’ ya’ni eng yaxshi ishtirokchilar qo‘shimcha sovg‘alar bilan taqdirlanishadi;
Talablar:
- Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Flippin yoki Viyetnam fuqorosi bo‘lish;
- Yuqorida ko‘rsatilgan davlatlardan birida bakalaviriat, magistratura hamda doktorantura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lish;
- Ingliz tilini yoki kores tilini kamida B2 darajada bilish (ariza uchun sertifikat majburiy emas);
Eslatma: Umumiy hisobda 40 nafar talaba tanlab olinadi;
Mamlakat | Ushbu davlatda tahsil olayotgan millati kores bo‘lgan nomzodlar | Millati kores bo‘lmagan nomzodlar: |
Qozog‘iston | 3 kishi | 4 kishi |
O‘zbekiston | 3 kishi | 4 kishi |
Qirg‘iziston | 3 kishi | 4 kishi |
Filippin | 3 kishi | 4 kishi |
Vetnam | 4 kishi | 4 kishi |
Jami | 15 kishi | 25 kishi |
Hujjat topshirish jarayoni:
- BU YERDAN ro‘yxatdan o‘ting;
- Hamda quyidagi kerakli hutjjatlarni saytga joylashingiz kerak; a) Ushbu ariza shaklini yuklab olib to‘ldirib yuklash kerak; b) Talabalik haqida ma’lumotnoma; c) Universitetidagi baholar; d) Passport nusxasi; e) Til sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa); f) Tavsiyanoma (bunda siz tavsiyanoma beruvchi shaxsning emailini qoldirasiz hamda ular tavsiyanoma uchun ariza shaklini sizning o‘qituvchingizga yuboradi hamda uni o‘qituvchingiz o‘zi email orqali qayta yuborishi kerak);
- Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar onlayn suhbatga chaqiriladi. Suhbat 19-27- may oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Eslatma: Barcha hujjatlar ingliz yoki kores tilida taqdim etilishi kerak; Agarda ular ingliz tilida bo‘lmasa notarial tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Shuningdek ularni barchasi PDF shaklda yuklanishi kerak. Hujjatlar natijasi 2022- yil 13-mayda, yakuniy suhbat natijasi esa 3-iyun kuni e’lon qilinadi.
Barcha ma’lumotlar bilan ushbu dasturning rasmiy sahifasi orqali to‘liq va batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Qo‘shimcha savol hamda ma’lumotlar yuzasidan klp@snu.ac.kr emailiga yozing.