Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

20-iyun 18:04
2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar davom etadi.

Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.

ESLATMA: mazkur muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin. Hujjat qabul qilish yakunlangandan keyin yo‘nalishni o‘zgartirib yoki biror ma’lumot qo‘shib bo‘lmaydi.