2023-yilda magistraturani tugatganlar attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy ta’lim tashkilotini bitirgan pedagoglar uchun attestatsiyaga jalb qilinishi oldidan malaka toifasi berish tartibi belgilangan.
Magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar, shuningdek, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) beriladi. Bu toifa, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar uchun malaka toifasi sifatida xizmat qiladi.
Nizomning 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari ularning malaka toifasi yoki lavozimiga bog‘liq bo‘ladi va ish haqlari sertifikat asosida qayta hisoblanadi.
Magistr darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar dastlab to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi toifa olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Ikkinchi toifa sertifikatini olgandan keyin, ular birinchi toifa uchun navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin.