2025-yildan bog‘cha direktorlariga menejerlik sertifikati va ustama joriy qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2025-yildan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi, sentyabrdan esa 30 foizlik ustama joriy qilinadi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori imzolandi.
Avval xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-50n qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu qarorga ko‘ra, 2024-yil sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
2025-yil 1-yanvardan boshlab, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlariga ham xuddi shunday tartib tatbiq etiladi. Bunda, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan bog‘cha direktorlariga 30 foiz ustama to‘lanadi.
Shuningdek, bog‘cha direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi ham menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan shakllantiriladi.