Nima uchun minglab abituriyentlar Registonni tanlashadi?
Ko‘p yillardan beri abituriyentlarining ulkan natijalari orqali mashhur bo‘lgan Registon o‘quv markazi Respublikamizda eng yirik ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, hozirda markazning Respublika bo‘ylab 16 ta filiali mavjud. Ushbu markazda 7 yil davomida 30 minga yaqin yoshlar tahsil olishgan va ko‘plab yutuq hamda natijalarga erishgan.
Hozirda Registon o‘quv markazida 350 dan ziyod o‘z sohasining professional ustozlari qo‘l ostida 10 minga yaqin yoshlar tahsil olib kelmoqda. Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon har yili minglab yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda ko‘mak beradi va yoshlar uchun xalqaro imtihon sertifikatlariga (IELTS, CEFR, TOPIK, HSK) tayyorlashda eng yetakchi markazlardan biridir.
Xo‘sh, Registon o‘quv markazi bunday natijalarga qanday erishdi? Nima uchun minglab abituriyentlar Registonni tanlashadi? Keling, buning asosiy sabablarini birma-bir ko‘rib chiqamiz:
1. O‘z kasbining professional ustozlar jamoasi:
Registon o‘quv markazi ustozlari har bir abituriyentning xarakter xususiyatlariga qarab baho beradigan, ularning qiziqishlari nuqtasini topib, shunga binoan fanni o‘zlashtirishlari uchun yo‘l ko‘rsata oladigan darajada tajribaga egadirlar. Qobiliyatlari turlicha bo‘lgan abituriyentlardan fanni o‘zlashtirishda bir xilda yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar jamoasi o‘quv markazining har yilgi yutuqlarining garovi hisoblanadi.
2. Abituriyentlar va talabalar uchun maxsus trening hamda seminarlar:
O‘quv markazida maxsus dastur asosida treninglar o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib, bu amaliyotning juda zarur ekanligiga amin bo‘lganmiz. Sababi abituriyent va talabalar olgan bilimlarini imtihon sinovlarida to‘la ko‘rsata olishlari shart. Yillab tayyorlangan yoshlar asosiy sinov kunida hayajonini bosolmasdan, olgan bilimlarini namoyish qila olmasa, ularning yonida javobgarlikni o‘quv markazi ham yelkasiga oladi. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida har oyda treninglar o‘tkazib turiladi. Bundan tashqari yoshlarda qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi.
3. Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari:
Har yili minglab abituriyentlarni OTM kirish imtihonlariga tayyorlovchi hamda o‘zining ijobiy natijalari bilan ajralib turuvchi Registon o‘quv markazida abituriyentlar uchun shinam va zamonaviy auditoriyalar yaratib berilgan bo‘lib, sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi.
4. Darslar qanday nazorat qilinadi?
Markazning barcha dars xonalarida kuzatuv kameralari bilan jihozlangan hamda dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tamonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan abituriyentlarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tamonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.
5. Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi.
Markazda har oy o‘tilgan mavzular yuzasidan darajani aniqlovchi sinov testlari tashkil etiladi. Ota-onalar maxsus testlar to‘plami yordamida farzandlarining bilim darajasi qay darajada va u qanchalik o‘sib borayotganini uydan turib ham aniqlashlari mumkin.
6. Barcha qulayliklarga ega yotoqxona xizmati ham yaratilgan.
Yotoqxonaga joylashganlarda diqqat jamlanadi. Bunda asosan, o‘quvchilar kundalik “tashvish” va ortiqcha o‘y-u fikrlardan holi bo‘lib, bor e’tibori hamda quvvatini o‘qishga yo‘naltiradi.
7. Innovatsion ta’lim tizimidan foydalaniladi.
markazimizda tahsil olayotgan o‘quvchi qachon va qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar vazifalar bo‘yicha savoli bo‘lsa, o‘qituvchisi bilan bog‘lana oladi. Abituriyent o‘quv markazida ro‘yxatdan o‘tgan daqiqadan boshlab, maxsus platformada o‘z shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi. Ushbu kabinet orqali o‘z natijalari ustida doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu innovatsion tizim abituriyent va uning ota-onasiga nima beradi?
- Abituriyentning darsga qatnashish davomati haqida ma’lumot mavjud bo‘ladi.
- Abituriyentga o‘qituvchi tamonidan berilgan vazifalarni ko‘rish mumkin.
- O‘zi tanlagan o‘qituvchilari haqida barcha ma’lumotlarni bilib oladi.
- Abituriyent to‘g‘ridan to‘g‘ri ustozi bilan muloqot qila oladi.
- Abituriyent o‘quv markazi ma’muriyatiga taklif va shikoyatlar bilan murojaat qila oladi.
Barcha imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tadi va natijalari ustida doimiy ishlab borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Registon o‘quv markazida abituriyentlar tarix, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari bilan birgalikda xalqaro darajadagi imtihonlar (IELTS, CEFR, TOPIK, HSK)ga ham tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Registon o‘quv markazida ta’lim olishni tanlagan abituriyent va talabalarning imtiyozlari:
- Bepul darslik va qo‘llanmalar
- Yuqori natija olish kafolati;
- Har hafta nazorat imtihonida qatnashish;
- Talabchan va tajribali ustozlardan tahsil olish;
- Olimpiadalar va turli tanlovlarda ishtirok etish;
- Shinam va zamonaviy auditoriyada dars qilish;
- Bepul yoki chegirmali o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritish.
- Har oyning oxirida DTM standartidagi mukammal test sinovlari;
- Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
- DTM testlarining tuzilishi va ularni yechishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar va ko‘plab boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Sizning hayotingizni tanlov o‘zgartiradi. Registon o‘quv markazi jamoasi sizning ulkan maqsadlaringizga tezroq yetishishingiz uchun kafolat beramiz.
Ro‘yxatdan o‘tish: @rgn_uzbot
Registon o‘quv markazining barcha filiallari haqida ma’lumotlarni mana bu manzil orqali tanishishingiz mumkin.
Telegram kanal: @Registan_LC
Hozirda Registon o‘quv markazining YouTube kanalida abituryentlar uchun 500 dan ziyod bepul darslar mavjud bo‘lib, YouTube kanalga kiring va biz bilan Bepul tahsil olish imkoniga ega bo‘ling: