Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Acharya universitetiga OTM sifatida litsenziya berilmagan

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Acharya universitetiga OTM sifatida litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta’lim vazirligi bu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.

Abituriyentlar xususiy OTMlarga hujjat topshirishdan oldin edu.uz saytidan ularning ro‘yxatini ko‘rib olishlari lozim.