Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQShda o‘qish uchun viza olish bo‘yicha 2021-yilda qanday o‘zgarishlar bor?

29.01.2021 06:08
AQShda o‘qish uchun viza olish bo‘yicha 2021-yilda qanday o‘zgarishlar bor?

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

AQShda o‘qish uchun viza olish bo‘yicha 2021-yilda qanday o‘zgarishlar bor?

AQSh oliy o‘quv yurtlarida tahsil oluvchi xalqaro talabalar 2021-yil bahorgi semestrni ham onlayn davom ettiradigan bo‘lyapti, deb yozmoqda Siz uchun grantlar kanali. Demak, koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yil mart oyida qabul qilingan qoida bu yil ham amal qiladi. Bu haqda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati agentligi so‘zlovchisi ma’lum qildi.

Pandemiyadan oldin AQSh o‘quv yurtlarida ro‘yxatdan o‘tgan xorijliklar talabalik vizasi maqomini saqlab qolish uchun Amerikada jismonan bo‘lishi talab etilar edi. Pandemiya boshlangandan beri ularga xorijdan turib ham AQShda oq’ish huquqi berildi.

2021-yilgi tartib haqida hali rasman e’lon qilinmadi, ammo xalqaro ta’lim tashkilotlari va o‘quv yurtlari xorijliklarga tartib o‘zgarmagani haqida xabar bermoqda.

Hozir o‘qiyotgan talabalarga bu qanday ta’sir qiladi?

2020-yil 9-martgacha talabalik vizasini qo‘lga kiritgan xorijliklar AQShda yoki o‘z mamlakatida turib o‘qishni internet orqali davom ettirishi mumkin. O‘qish muddati tugaguncha ularning hozirgi immigratsion maqomi saqlanib qoladi. Darslar to‘liq onlayn o‘tilayotgan bo‘lsa ham, ular istalgan payt AQShga qaytib kira oladi.

2020-yil 9-martdan keyin universitetga qabul qilinganlar esa barcha kurslarni o‘z mamlakatlarida turib onlayn olishlari mumkin, ammo AQShga kira olishlari uchun kamida bitta dars universitetda, ya’ni sinfxonada o‘tilishi kerak.

O‘qishga yangi qabul qilinganlar nima qiladi?

2021-yil bahorgi semestr uchun o‘qishga qabul qilinganlar, agar ular allaqachon AQShda bo‘lsa, darslarni 100 foiz to‘liq internet orqali onlayn olishlari mumkin.

Xorijdan turib shu yil bahorgi semestrga qabul qilinganlar, agar ta’limni to‘liq onlayn oladigan bo‘lsa, AQShga kira olmaydi. AQShga kirish uchun, ya’ni viza olish uchun kamida bitta dars universitetda yuzma-yuz bo‘lishi kerak.

Agar universitet barcha darslarni to‘liq onlayn o‘tayotgan bo‘lsa, xorijlik talabalarga viza olish uchun kerak bo‘ladigan “F-20” formasini bermaydi. Demak, bunday holatda sizga viza berilmaydi.

👉 @siz_uchun_grantlar