Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Arxitektura yo‘nalishi talabalari uchun Xalqaro fototanlovda ishtirok etib €5,000 yutib olish imkoniyati

1.10.2021 12:40
Arxitektura yo‘nalishi talabalari uchun Xalqaro fototanlovda ishtirok etib €5,000 yutib olish imkoniyati

Muddati:

18.10.2021

Davlat:

Daniya

Rasmiy havola:

aarch.dk

Grant turi:

Tanlovlar

Aarhus School of Architecture maktabi arxitektura yo‘nalishida o‘quvchi talabalarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida har yili o‘tkaziladigan Photo Of The Year tanlovini tashkil etgan. Bu yilgi fototanlovda Architectural Landscapes mavzusiga oid suratlar qabul qilinadi.

Mukofotlar:

  • 1-o‘rin: €5,000;
  • 2-o‘rin: €2,000;
  • 3-o‘rin: €1,000.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul. Ishtiokchilar ariza topshirayotganda 5 ta surat joylashlari lozim. Suratlar hajmi 20mb dan ortib ketmasligi kerak.

Tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting va suratlarni joylang.

Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish so‘nggi muddati 18-oktyabr.

Yakuniy natijalar 29-oktyabrda e’lon qilinadi.

Fototanlov haqida batafsil bilish uchun rasmiy havolaga o‘ting.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: kje@aarch.dk