Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Attestatsiya uchun 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlandi

05-aprel 17:58
Attestatsiya uchun 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot anjumanida berilgan maʼlumotlarga koʻra:

Pedagoglar attestatsiyasi bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi va 100 ballik tizimda baholanadi.

1-bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi (80 ball),

2-bosqichda – pedagogik mahoratini (20 ball) baholanadi.

Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) oʻtkaziladi.

42 ta fandan uchta tilda (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlandi.

Bugungi kunda attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafaridan ortigʻi ishtirok etishi kutilmoqda.

Malaka sinovlari joriy yilning 15-aprelidan boshlanishi rejalashtirilgan boʻlib aprel may oylarida barcha hududlarda oʻtkaziladi. Buning uchun hududiy markazlarda joylashgan katta sigʻimdagi binolarida 1 900 ta kompyuter tayyor holatga keltirilgan.