Grantlar

Avstraliya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish uchun to‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Australian National University tomonidan magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish uchun to‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar taklif etilmoqda

2 918 ko'rish

Avstraliya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish uchun to‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Universitet va grant haqida qisqacha:

Australian National University (ANU) universiteti magistratura va doktorantura dasturlarida o‘qish uchun har yili xalqaro va mahalliy talabalar uchun 600 ta grant o‘rnini ajratadi. Bu dunyodagi eng yuqori baholangan grant dasturlaridan bir sanaladi. ANU - milliy universitet va u 1946-yilda Avstraliyaning poytaxti Kanberrada tashkil etilgan. Ushbu universitet THE (Times Higher Education) e’lon qilgan dunyo universitetlari reytingida #59-o‘rinni egallaydi.

australian national university - linnaeus building - australian national university stock pictures, royalty-free photos & images

Grantning qisqacha tafsilotlari:

  • Grant nomi: Australian Government Research Training Program (AGRTP) Stipend Scholarship
  • Tashkilot: Australian National University
  • Davlat: Avstraliya
  • Grant turi: Xalqaro va milliy to‘liq grant
  • Kimlar uchun: ANU universitetida magistratura (research) va doktorantura (research) bosqichlarida o‘qishni istaganlar uchun
  • Ariza topshirish: To‘liq onlayn

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Xalqaro talabalar uchun ikki tomonlama aviachipta;
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya;
  • Tezis ishi uchun stipendiya;
  • O‘qish dasturi to‘lovi to‘liq qoplanadi;
  • Kitoblar / Kurs materiallari;
  • Oylik talabalik stipendiyasi;
  • Chet ellik talabalar uchun bepul sug‘urta (OSHC).

Grantga ariza berish tartibi:

Grant uchun alohida ariza berilmaydi, balki magistratura va doktorantura kurslarida o‘qish uchun yuborilgan barcha arizalar grant uchun ko‘rib chiqiladi. Grant asosan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan a’lochi nomzodlar uchun taqdim etiladi.

Grantga ariza berish muddati:

Ushbu grant uchun ariza berishga odatda yil davomida 4 ta alohida vaqtlar mavjud. Ammo arizalari asosiy bosqichda ko‘rib chiqilishini xohlagan xalqaro talabalar 2021-yil 15 aprelgacha (2021-yil o‘qishni boshlash uchun) yoki 2021-yil 31-avgustgacha (2022-yil o‘qishni boshlash uchun) bo‘lgan sanalarda ariza berishlari shart. Arizalar grant taqdim etish maqsadida ko‘rib chiqish uchun barcha tasdiqlovchi hujjatlarni o‘z ichiga olgan holda topshirilish vaqtida to‘liq bo‘lishi kerak.

Grant uchun nomzodlarga qo‘yilgan umumiy talablar:

  1. Nomzod mahalliy yoki xalqaro talaba bo‘lishi kerak;
  2. Bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak;
  3. Grantlar talabaning ilmiy natijalari, tadqiqot natijalari va oldingi tadqiqot tajribalari asosida beriladi. Shuning uchun ham nomzod a’lochi bo‘lishi kerak;
  4. Ingliz tili talabi mavjud va bu turli kurslarda turlicha bo‘lishi mumkin. Buning uchun siz o‘qimoqchi bo‘lgan yo‘nalish talabnomasini ko‘rib chiqing.

Universitet tomonidan grant taqdim etilishi ko‘zda tutilgan quyidagi fakultetlardan birini bu yerdan tanlang va ariza yuboring:

  • College of Arts & Social Sciences
  • College of Asia and Pacific
  • College of Business and Economics
  • College of Engineering & Computer Science
  • College of Law
  • College of Science

Batafsil rasmiy saytda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish