Grantlar

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi. Monash University stipendiyasini xalqaro talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun ochiq.

390 ko'rish

Yangilangan:

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi

Umumiy Ma’lumotlar:

O‘qish joyi: Melburn, Avstraliya

Avstraliyaning Monash University iste’dodli xalqaro talabalarga stipendiyalar taqdim etadi. Har yili 31 talaba Monash University da bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. Monash University stipendiyasini xalqaro talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun ochiq.

Talabalar kunduzgi o‘qish uchun har yili $ 10,000 miqdorida stipendiya olishadi (48 ta kredit). Stipendiya talabaning dastur bo‘yicha o‘qigan barcha davrida to‘lanadi. Agar talaba o‘rtacha (70%) dan yuqori ballga ega bo‘lsa va stipendiya yoki universitetni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan kamida 3 tadbirda qatnashsa, stipendiya keyingi yilga uzaytiriladi.

Talablar:

• Monash University da bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlaridan biriga o‘qishga kirish.

• A’lo darajadagi ilmiy natijalarga ega bo‘ling.

• Avstraliya fuqarosi bo‘lmasoigi lozim.

• Monash University da tahsil olayotgan talabalar ham stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin, ammo ustuvorlik Monash University ga endigina kirayotgan talabalarga beriladi.

Talaba kunduzgi o‘qish uchun bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlaridan biriga o‘qishga kirishi shart. Talabaning o‘qishga kirganligini tasdiqlovchi xatni oling, so‘ngra stipendiya olish uchun alohida ariza yuboring. Stipendiyani o‘rganish uchun siz qo‘shimcha hujjatlarni topshirishingiz shart emas, faqat ariza kifoya!

Monash University da o‘qishni 1 semestrdan va 2 semestrdan boshlash mumkin.

Ariza berish muddati:

Agar talaba birinchi semestrda o‘qishni boshlashni xohlasa: Muddati: 15 oktyabr, 15 noyabr, 15 yanvar.

Agar talaba ikkinchi semestrda o‘qishni boshlashni xohlasa: Muddati: 15 mart, 15 aprel, 15 may.

Batafsil rasmiy veb-saytidan bilib oling.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish