Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo‘llanishi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalar OTMni tamomlagandan keyin ishga kirishda sinov muddati belgilash masalasi mehnat qonunchiligida aniq belgilangan. Sinov muddati — xodimning ishga layoqatliligini aniqlash va kelajakdagi hamkorlikni maqsadga muvofiqligini tekshirish uchun beriladigan uch oygacha bo‘lgan davrdir.
Qaysi holatlarda sinov muddati qo‘llanmaydi?
Quyidagi toifadagi shaxslar uchun ishga qabul qilishda sinov muddati belgilanmaydi:
- Homilador ayollar va uch yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollar.
- Davlat granti asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlaganidan uch oy ichida yo‘llanma orqali ishga kirayotgan bitiruvchilar.
- Ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga kiruvchi shaxslar, masalan, zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga yo‘llanma orqali ishga joylashganlar.
- O‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar.
Talabalarning sinov muddati haqida bilishi kerak bo‘lgan narsa
Agar siz oliy ta’lim muassasasining bitiruvchisi sifatida birinchi bor ishga kirayotgan bo‘lsangiz, sizga nisbatan sinov muddati qo‘llanishi qonunan taqiqlanadi. Bu qonunchilikka asosan, bitiruvchilarning ishga moslashuvini yengillashtirish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Manba: Lex.uz