Grantlar

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi eʼlon qilinadi

“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi eʼlon qilinadi

2 224 ko'rish

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi eʼlon qilinadi

Umumiy ma’lumotlar:

Iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida Yoshlar akademiyasi tomonidan "Bo‘lajak olim" tanlovi doirasida "Ayollar biznesi uchun birinchi qadam" tanlovi e’lon qilindi. “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. Ushbu tanlovga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan
10 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi doirasida yosh olimalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha biznes loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilinadi.“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi doirasida yosh olimalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha biznes loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilinadi. Biznes loyiha – amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan biznes loyiha shartlari;

  • Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;
  • Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  • 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  • Topshirilgan biznes loyihani amalga oshirish uchun so‘ralgan mablag‘ miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli qarorining
    2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmidan oshmasligi.

Tanlov doirasida Biznes loyihalar boʻyicha takliflar 2022-yilning 1-iyun soat 18:00 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi.

Savollar yuzasidan bu yergamurojaat eting: www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 Ichki raqam – (233).

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish