Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Community Solutions Program: AQShda amaliyot o‘tash imkoniyati. Barcha xarajatlar qoplanadi

6.10.2021 10:57
Community Solutions Program: AQShda amaliyot o‘tash imkoniyati. Barcha xarajatlar qoplanadi

Muddati:

27.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.irex.org

Grant turi:

Malaka oshirish

Community Solutions Program - 1 yil davom etadigan malaka oshirish dasturi. Dastur atrof -muhit, bag‘rikenglik va nizolarni hal qilish, shaffoflik va hisobdorlik, gender tengligi bo‘yicha ishlash orqali o‘z jamiyatida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni istagan odamlar uchun tashkil etilgan.

2021-2022 yillarda dasturda ishtirok etish uchun 80 ta faol tanlanadi va:

  • AQShda 4 oylik amaliyot - dastur ishtirokchilari AQShning turli tashkilotlariga joylashtirilib, ular o‘qitiladi;
  • Jamoatchilik yetakchilik instituti - yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan dastur (treninglar, onlayn kurslar, professional murabbiylik)da ishtirok etishadi;
  • Tashabbus yoki loyihani rejalashtirish - AQShda bo‘lish vaqtida faollar o‘z jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus yoki loyihani rejalashtirishadi. Tashabbus yoki loyiha uyga kelgandan keyin amalga oshiriladi.

Imtiyozlar:

  • J-1 vizasini olishda yordam beriladi;
  • Borib-kelish xarajatlari qoplab beriladi;
  • AQShda turar joy, ovqatlanish va boshqa xarajatlar uchun oylik stipendiya;
  • sug‘urta xarajatlari to‘lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 2022-yil 1-yanvar holatiga 25-38 yosh orasida bo‘lishi;
  • Berilgan davlatlar fuqarosi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston ro‘yxatda bor;
  • Nomzodlar o‘z mamlakatlarida yashashi va ishlashi kerak;
  • Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq sohada kamida 2 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi lozim;
  • Nomzod hozirda AQShda akademik, trening yoki tadqiqot dasturlarida qatnashmayotgan bo‘lishi kerak;
  • Ingliz tilini bilishi shart;
  • Nomzod 2021-yil avgustdan dekabrgacha AQShda qolishi kerak;

Dasturda ishtirok etish uchun shu yerdan onlayn ro‘yxat o‘tish va ariza topshirish kerak.

Ariza topshirishdan avval ushbu ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.