O‘z loyihalaringgizni taqdim eting va $20 000 AQSH dollari sohibiga aylaning
Muddati:
14.11.2021
Davlat:
Yaponiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Tanlovlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy Ma’lumotlar:
Innovation Challange for sustainability and well-being: Yaponiyaning dunyoga mashhur kimyo hamda farmasevtika yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib borayotgan Teijin kompaniyasi tomonidan 3 xil yo‘nalishga asoslangan loyihalar uchun oz grant larini taklif etmoqda. Ushbu musobaqada dunyoning istalgan mamlakatidan nomzodlar qatnashishlari mumkin.
Agarda sizda quyidagi yo‘nalishlarga aloqador bo‘lgan dunyo miqiyosida amalga oshirsa bo‘ladigan har qanday yechim yoki yangi texnologiyaga oid loyiha mavjud bo‘lsa ushbu musobaqa aynan siz uchun. Siz ushbu loyihalaringgizni Tejin mutaxasislari bilan muhokama qilgan holda uni yanada takomillashtirishinggiz mumkin bo‘ladi.
Lohihaning yo‘nalishlari;
- "Atrof muhitni muhofaza qilish" (Environmental Protection);
- Tabiiy ofatlarni oldini olish hamda yumshatishga oid (Safety and disaster mitigation);
- Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish ( Improving the health care system);
Mukofotlar:
- 1- o‘rin uchun- $20 000 AQSH dollar;
- 2-o‘rin uchun- $13 000AQSH dollar;
- 3-o‘rin uchun-$8000AQSH dollar;
- Shuningdek g‘oliblar to‘g‘ridan to‘ri Teijin kompaniyasi bilan hamkorlik asosida ushbu start up loyihangizni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz;
Muhim sanalar:
- 13- Sentabrdan 14- Noyabrga qadar qabul jarayonlari davom etadi;
- 17-Noyabrdan 1-dekabrga qadar barcha loyihalar ko‘rib chiqilib 30 ta eng yaxshisi saralab olinadi;
- 6-Dekabrdan 18-yanvarga qadar final bosqichi uchun 8 ta eng yaxshi loyihalarni saralab olishadi;
- 24-yanvardan 27-fevralga qadar ushbu finalchilar Teijin kompaniyasi mutaxasislari tomonidan o‘qitiladi hamda nomzodlardan o‘z loyihalarining yakuniy rejasini topshirishlari so‘raladi;
- Oxirgi bosqich mart oyining boshida onlayn bo‘lib o‘tadi. Barcha final bosqichidagi nomzodlardan o‘z loyihalarini 5 daqiqa ichida namoyish etishlari zarur hamda yana 5 daqiqa davomida savol javoblar bo‘lib o‘tadi hamda 3 ta g‘oliblar aniqlanadi.
Batafsil ushbu musobaqa haqida bu yerdan biliob oling!