CV o‘zi nima va nima uchun kerak yoxud CV tayyorlashning oson usullari
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
CV o‘zi nima?
CV lotincha "curriculum vitae” (course of life) so‘zidan olingan bo‘lib, sizning professional va akademik faoliyatingizni aks ettiruvchi batafsil hujjat (bizdagi tarjimayi holga qisman to‘g‘ri keladi). CV odatda har xil xalqaro universitetlar, grantlar, stipendiyalar, tanlovlar yoki ishga qabul uchun so‘raladi va undagi ish tajribangiz va yutuqlaringizga asoslanib sizni kerakli tashkilot dastur uchun tanlab olishlari mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘pincha CV ni boyitish tavsiya etiladi.
CV ga nimalar haqida yozish mumkin?
Ko‘pgina CV quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- Bog‘lanish uchun ma’lumot (kontakt);
- Akademik faoliyat;
- Kasbiy tajriba;
- Malaka va ko‘nikmalar;
- Mukofotlar va yutuqlar;
- Maqola va nashrdan chiqqan ishlar;
- Grantlar va stipendiyalar;
- Sertifikatlar va litsenziyalar;
- Ko‘ngilli ish (volontyorlik harakati);
- Shaxsiy ma’lumotlar (ixtiyoriy);
- Xobbi va qiziqishlar (ixtiyoriy).
CV ni qanday tayyorlasam bo‘ladi?
CV ni qo‘lda o‘zingiz yozib chiqishing ham mumkin, lekin CV tayyorlaydigan ko‘plab saytlar va ilovalar mavjud. CV builder, CV maker, Resume builder, ResumeCoach kabi bir qancha saytlar orqali bemalol CV tayyorlash mumkin. Lekin eng qulay va ko‘plab tashkilotlar uchun so‘raladigan CV turi Europass CV bo‘lib, bunda ishlash juda qulay va bepul, qolaversa, juda oz fursatda siz istagan CV tayyor bo‘ladi. Profil ochasiz va ma’lumotlaringizni kiritasiz, istalgan paytda CV tayyorlab olishingiz mumkin. BATAFSIL
Quyida CV uchun namuna berganmiz: