Daniya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

19-may 15:42
Daniya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

01.11.2021

Davlat:

Daniya

Rasmiy havola:

www.en.aau.dk

Grant turi:

Bakalavriatura

Grant dasturi haqida qisqacha:

Daniyaning Aalborg University (AAU) universiteti a’lochi xalqaro talabalarga 2021-2022 o‘quv yilida universitetning bakalavriat kurslaridan birida o‘qishlari uchun Nordplus Scholarships nomli qisman moliyalashtirilgan gant dasturini e’lon qiladi. Universitet Times Higher Education (THE) e’lon qilgan xalqaro universitetlar reytingida #201-250 o‘rinni egallaydi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Grantni qo‘lga kiritgan talabalar uchun semestriga DKK 7 000 (1 110 AQSh dollar) miqdorida stipendiya ajratiladi. Talabalardan esa grantni saqlab qolishlari uchun a’lo baholarga o‘qishlari talab qilinadi.

Talablar:

  • Grantga ariza bera olishlari uchun nomzodlar avvalo bu yerdan universitetning bakalavriat bosqichi kurslaridan biriga ariza topshirishlari va qabul qilinishlari kerak;
  • Shundan so‘ng, bu havola orqali grant uchun alohida ariza berishlari mumkin bo‘ladi;
  • Nomzodlar quyidagi darajadagi til sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishlari kerak:

Eslatma: Universitetning bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun umumiy talablarni ushbu havola orqali tekshirib oling.

Grant uchun arizalarni 2021-yil 1-noyabrgacha ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda