Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi original diagnostik DTM blok testlariga buyurtma berish mumkin

17.02.2023 17:43
Endi original diagnostik DTM blok testlariga buyurtma berish mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda agentlik telegram kanali xabar bermoqda.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.