EduOn - ta’lim granti g‘oliblari munosib taqdirlanishdi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida biznes, IT, xorijiy tillar, shaxsiy rivojlanish kabi bilim hamda ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida EduOn.uz ta’lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida Respublika miqyosida umumiy sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m bo‘lgan Grant-vaucherlardan iborat maxsus yutuqlarga ega ta’lim Granti tanlovini e’lon qilgan edi.
Ushbu tanlov uchun Respublikamizning turli hududlaridan 40 mingdan ziyod iqtidorli yoshlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi va tanlov ishtirokchisiga aylandi.
Tanlovning birinchi iva ikkinchi bosqichlari OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida onlayn-imtihon shaklida tashkil etildi. 1-bosqich 27-avgust sanasida ro‘yxatdan o‘tgan 12 minga yaqin iqtidorli yoshlar o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2001 nafar nomzod ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi. Tanlovni 1-bosqichida ishtirokchilar o‘zlarining IQ (mantiqiy tahlil)ga doir turli darajalardagi savollar orqali o‘z bilimlarini OLIYGOH.UZ platformasida sinovdan o‘tkazishdi. 1-bosqich ishtirokchilar orasida
- 6 nafar ishtirokchi 100 % lik natija;
- 30 nafar ishtirokchi 97 % lik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, test ishlagan barcha ishtirokchilarning o‘rtacha natijasi 51 % ni tashkil etdi
Tanlovning 2-bosqichi 3-sentabr kuni 1-bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2001 nafar nomzod orasida biznesga oid boshlang‘ich darajadagi savollar asosida imtihon tashkil etildi hamda yuqori natija ko‘rsatgan 413 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Tanlovning final bosqichida ishtirokchilar tomonidan maxsus motivatsion xatlar yozildi. Motivatsion xatlar 3 ta asosiy savoldan iborat bo‘lib, O‘zbekistonda onlayn ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, EduOn.uz ta’lim platformasi qulayliklari va imkoniyatlari hamda ishtirokchilardan nima uchun aynan EduOn - ta’lim grantida g‘oliblikka munosib ekanliklari bo‘yicha savollar berildi va ushbu Final bosqichida 317 ta motivatsion xatlar kelib tushdi.
Final bosqichi sinov imtihon natijalari EduOn.uz ta’lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi va OLIYGOH.UZ jamoalari hamkorligida 3 kishidan iborat hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi va eng munosib deb topilgan ishtirokchilarga 12-sentabrda "Mfaktor" biznes maktabida tashkil etiladigan "EduON ta’lim forumi"da QR-kodli diplomlar hamda Grant-vaucherlar tantanali ravishda taqdim etildi.
Tanlovning mutlaq g‘olibi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-bosqich talabasi Shokirova Gulruxbonu deb topildi va tanlov g‘olibiga 1-darajali diplom hamda EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 5 mln so‘mlik Grant-voucher bilan taqdirlandi
Tanlovning 2-o‘rin sohiblari "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti talabasi Xolxo‘jayev Sanjar va Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi Irisqulov Odilbek munosib deb topildi, ularga esdalik diplomlar va ushbu nomzodlarning har biriga EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 2.5 mln so‘mlik Grant-voucher taqdim etildi.
3-o‘rin sohiblari Andijon mashinasozlik instituti doktoranti Akbarjon Baymirzaev va Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabasi Saburyazov Islombeklar munosib deb topildi hamda ularga maxsus esdalik diplomlar shuningdek ushbu nomzodlarning har biriga EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 1 mln so‘mlik Grant-voucherlar taqdim etildi
Shuningdek, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlardan saralangan eng munosib 98 nafar ishtirokchiga onlayn tarzda EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 400 ming so‘mlik Grant-voucherlar hamda 3 bosqichda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga maxsus QR-kodli esdalik sertifikatlari taqdim etildi.
Ishtirok etgan barcha nomzodlarning maxsus sertifikatlari EduOn.uz jamoasi nomidan OLIYGOH.UZ platformasi orqali yuborildi.
Tanlovni yoshlar orasida yanada ommalashtirishga yaqindan yordam bergan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Kun.uz jamaosi, Yoshlar ishlari agentligi, taniqli ustozlar va blogerlarga EduOn.uz jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
"EduON ta’lim forumi"dan foto-galareya: