Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

EduOn - ta’lim granti. 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

28.08.2021 01:45
EduOn - ta’lim granti. 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

Xabaringiz bor, EduOn.uz ta’lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi, va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida Respublika miqyosida sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlardan iborat ta’lim Granti tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovning 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli yoshlar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2001 nafar nomzod keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Ishtirok etgan barcha nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida o‘zlarining "Shaxsiy kabinet" orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Tanlovning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 2001 nafar ishtirokchi o‘tdi va tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: Biznesga oid 25 ta boshlang‘ich darajadagi test savollari

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 2-bosqichi 3-sentabr kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:30 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ishtirokchilar imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 300 (uch yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.**

** Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 300 nafar (uch yuz nafar) ishtirokchi o‘tadi.

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari 12-sentabr kuni "Mfaktor" biznes maktabining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan "Yoshlar forumi"da taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus QR-kodli diplomlar, esdalik sovg‘alar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlardan saralangan eng munosib 95 nafar ishtirokchiga EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 400 ming so‘mlik Grant-voucher taqdim etiladi. Grant o‘rni – 95 ta

Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin

2-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun: EduOn.uz ta’lim platformasi onlayn bilim ulashadigan eng katta ta’lim platformalaridan biridir. Platformada 100 dan ziyod yaqin Biznes, IT, shaxsiy rivojlanish va ta’limga oid professional kurslar mavjud bo‘lib, Respublikamizda eng mashxur bo‘lgan biznes egalari, ustozlar, mentorlar va o‘z sohasining professional ustalari tomonidan video darslar joylanib boradi. Mazkur platforma dunyoga mashhur Udemy.com va Coursera.com kabi platformalarning tajribasini o‘rganish asosida yaratilgan bo‘lib, unda istalgan inson bepul yoki pullik kurslarni o‘rganish imkoniga ega.
EduOn.uz - Yuksalishni maqsad qilganlar uchun onlayn platforma!