Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

EduOn - ta’lim granti. Finalda kimlar ishtirok etadi?

6.09.2021 17:06
EduOn - ta’lim granti. Finalda kimlar ishtirok etadi?

Xabaringiz bor, EduOn.uz ta’lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi, va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida Respublika miqyosida sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlardan iborat ta’lim Granti tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovning 2-bosqichiga 1-bosqichdan eng yuqori natija ko‘rsatgan 2001 nafar nomzod qatnashish huquqini olgan edi. Tanlov yo‘riqnomasiga ko‘ra 2-bosqichda 1751 nafar ishtirokchilar biznesga oid 25 tadan iborat bo‘lgan imtihon savollarini yechishdi. Ishtirok etgan barcha 2-bosqich ishtirokchilari OLIYGOH.UZ platformasida o‘zlarining "Shaxsiy kabinet" orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Tanlovning Final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

EduOn.uz ta’lim platformasi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi va 2-bosqichda 76 foizdan yuqori bo‘lgan barcha yoshlarga final yo‘llanmalarini taqdim qildi. Nomzodlar ro‘yxati.

Final bosqichi qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Final bosqichi yozma shaklda ishtirokchilar motivatsion xat yozishadi. Nima uchun o‘zlarini "EduOn - ta’lim granti" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida maxsus motivatsion xat yozadilar. Xat OLIYGOH.UZ platformasida maxsus ochilgan FINAL oynasi orqali final bosqichi ishtirokchilari tomonidan 8-sentabr 21:00 ga qadar jo‘natiladi. Jo‘natilgan motivatsion xatlar mutaxasislar tomonidan o‘rganilib chiqilib va eng munosib bo‘lgan 100 nafar ishtirokchilar ushbu bosqichda saralanishadi hamda maxsus yutuqlarga ega bo‘lishadi. Final bosqichining natijalari 10-sentabr kuni OLIYGOH.UZ platformasida e’lon qilinadi.

Motivatsion xat qanday savol asosida yoziladi?

  1. O‘zbekistonda onlayn ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar
  2. EduOn.uz ta’lim platformasi afzalliklari va kamchiliklari. EduOn loyihasinining keyingi qadamlarini qanday ko‘ryabsiz?
  3. Nima uchun aynan o‘zingizni "EduOn - ta’lim granti" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilasiz?
Har bir bo‘lim uchun 200 tagacha so‘z yozish mumkin.

Diqqat: Har bir final bosqichi ishtirokchisi EduOn.uz ta’lim platformasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak (mukofotni qo‘lga kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va platforma imkoniyatlari bilan tanishib chiqish talab qilinadi)

Motivatsion xat yozish manzili

Ma’lumot uchun, Final bosqichining 5 ta eng yuqori natijaga erishgan mutlaq g‘oliblari 12-sentabrda "Mfaktor" biznes maktabida tashkil etiladigan "EduON ta’lim forumi"da maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, QR-kodli diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanishadi:

Shuningdek, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlardan saralangan eng munosib 95 nafar ishtirokchiga onlayn tarzda EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 400 ming so‘mlik Grant-voucher taqdim etiladi.

EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!