Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniyada o‘qish uchun Eynshteyn stipendiyasi

23.03.2022 10:55
Germaniyada o‘qish uchun Eynshteyn stipendiyasi

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.einsteinforum.de

Germaniyada o‘qish uchun stipendiya

Eynshteyn stipendiyasi

Qayerda: Germaniya
Davomiyligi: 5-6 oy
Til: ingliz/nemis
Grant: turar joy va parvoz xarajatlari qoplanadi, stipendiya 10 000 yevro.

Albert Eynshteyn jamg‘armasi loyihalarini o‘zlarining oldingi tadqiqotidan boshqa sohada davom ettirishni istagan yosh izlanuvchilarga stipendiya taklif qiladi. Grantning maqsadi o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan, ammo boshqa sohalar uchun ham ochiq bo‘lgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Barcha hujjatlar ingliz tilida qabul qilinadi. Stipendiyaga ega bo‘lgan nomzod Eynshteynning Brandengurg shahridagi dalahovlisida turib, o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

📌Talablar:
🔹Yosh 35 yoshgacha;
🔹Gumanitar, ijtimoiy yoki tabiiy fanlar boʻyicha diplomga ega boʻlish;
🔹CV, loyiha uchun referat, 2 ta tavsifnoma.

Tugash muddati: 2022-yil, 15-may