“El-yurt umidi” jamg‘armasi granti uchun 2-stipendiya tanlovi boshlandi
11-oktabr 13:24

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini 10-oktabrdan 10-noyabrgacha admission.eyuf.uz platformasi orqali onlayn yuborishlari mumkin.
2-tanlovda xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 345 ta:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 ta;
- magistratura ta’lim dasturi uchun 193 ta;
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 ta o‘rin ajratiladi.
❗️ Eslatma: nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi / shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylashi mumkin!
29-noyabr 16:53
Talabalar uchun qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi
28-noyabr 11:56