Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Facebook investorlari tomonidan $100.000 miqdoriga ega bo‘lgan The Thiel Fellowship dasturi

22.09.2021 08:51
Facebook investorlari tomonidan $100.000 miqdoriga ega bo‘lgan The Thiel Fellowship dasturi

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

thielfellowship.org

Grant turi:

Malaka oshirish

Facebook investorlari kuchli bilim, katta g‘oyaga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida The Thiel Fellowship dasturini tashkil etgan. Dasturga yil davomida istalgan paytda maktabda o‘qish o‘rniga katta loyiha boshlamoqchi, yangilik kashf qilmoqchi bo‘lgan favqulodda tal’antli yoshlar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari:

  • Dastur ishtirokchilariga 2 yil davomida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun $100.000 beriladi
  • Dasturda o‘z mamlakatida turgan holatda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dasturda qatnashish uchun talablar:

  • Butun dunyo bo‘ylab istalgan mamlakat fuqarolari qatasha oladilar;
  • Nomzodlar 22 yoshdan katta bo‘lmasligi va ingliz tilini yaxshi bilishlari lozim;
  • Ishtirok etish uchun maktab yoki kollej ta’limidan voz kechish va kuchli g‘oyaga ega bo‘lish shart.

Har qanday sohadagi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring.

Dastur haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA

Eng ko‘p beriladigan savolar va ularning javobi bilan tanishish uchun FAQ