Grantlar

“Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani

Filologiya sohasidagilar uchun konnferensiya

401 ko'rish

“Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar kengashi tomonidan 2021-yil 15-noyabrda “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida respublika talabalar (bakalavr) ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

I sho‘ba. Tilshunoslik.

  • a) til tarixi;
  • b) til nazariyasi;
  • c) hozirgi o‘zbek adabiy tili; turkiy tillar.

II sho‘ba. Adabiyotshunoslik.

  • a) o‘zbek adabiyoti tarixi;
  • b) zamanovaviy adabiy jarayon (nazm, nasr, dramaturgiya);
  • c) folklorshunoslik;
  • d) turkiy xalqlar adabiyoti; bolalar adabiyoti

III sho‘ba. Tarjimashunoslik.

  • a) tarjima nazariyasi;
  • b) tarjima amaliyoti.

IV sho‘ba. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi.

  1. a) o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi;
  2. b) o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi.

Konferensiya sho‘balari hayʼati qarorlariga ko‘ra “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlarida e‘tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjumanga sirtdan qatnashish mumkin.

Mualliflarning barchasiga maqolasi chop etilganligi haqida sertifikat beriladi.

Maqolalar 2021-yilning 10-noyabrigacha quyidagi telegram manzillarida qabul qilinadi:

  1. Tilshunoslik sho‘basi: https://t.me/konferensiya_tilshunoslik
  2. Adabiyotshunoslik sho‘basi: https://t.me/konferensiya_adabiyotshunoslik
  3. Amaliy filologiya sho‘basi: https://t.me/konferensiya_amaliy_filologiya
  4. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish sho‘basi: https://t.me/konferensiya_metodika
  5. Tarjima nazariyasi va amaliyoti sho‘basi: https://t.me/konferensiya_tarjimashunoslik

Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Talab boʻyicha yuborilmagan materiallar qabul qilinmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: ToshTO‘DAU, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, 423-xona.

Mas’ul: Dilnavoz Najimova (@Dilnavoz_Najimova)

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish