Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Finlandiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

14.08.2021 02:55
Finlandiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

Muddati:

16.11.2021

Davlat:

Finlandiya

Rasmiy havola:

www.samk.fi

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

Satakunta amaliy fanlar universiteti - bu amaliy fanlarni o‘rganish bo‘yicha sanoat oliy o‘quv yurti bo‘lib, butun mamlakatda 29-o‘rinni egallaydi. U butun Finlyandiyaning Satakunta mintaqasida va unga qo‘shni hududlarda ishchi hayotining zamonaviy va ko‘p qirrali ehtiyojlarini qondirishga moslashtirilgan malakalarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan oliygohdir.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur Yevropa Ittifoqi hududidan tashqaridagi barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa alohida ariza topshirish shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Zaruriy hujjatlar:

Nomzodlar universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • Surat (pasport hajmida);
  • Motivatsiya xati;
  • Maktab, kollej/litsey diplomi va ilovalar;
  • Pasport nusxasi.

Til talabi:

Talabalar fin tilini yaxshi bilishlari kerak. Ular fin tilining asosiy ko‘nikmalarini (A2 darajasi) bilishlari kerak.

Qabul yakuni:

  • 2021-yil 15-noyabr

Dasturning manfaatli tomonlari:

G‘olib talabalarga universitet tomonidan har yili o‘quv to‘lovlari 100% to‘lab beriladi.

Batafsil bu yerda