Grantlar

Fransiya: Bakalavr bosqichi o‘quv dasturlari to‘lovini 75% gacha qoplaydigan grant dasturi

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan American University of Paris oliygohi tomonidan bakalavr bosqichi talabalari uchun o‘quv dasturi to‘lovining 75% gacha bo‘lgan qismini qoplaydigan AUP Scholar International Awards nomli xalqaro grant dasturi

2 249 ko'rish

Fransiya: Bakalavr bosqichi o‘quv dasturlari to‘lovini 75% gacha qoplaydigan grant dasturi

Universitet va dastur haqida qisqacha:

American University of Paris oliygohi - bu o‘z o‘quvchilarini ko‘plab dunyo tillarida samarali muloqot qilish va tanqidiy fikrlovchi bo‘lib yetishtirish vazifasini asosiy maqsad qilib olgan xususiy ta’lim instituti va Yevropadagi eng qadimgi Amerika oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Ayni vaqtda universitet tomonidan taqdim etilayotgan AUP Scholar International Awards nomli xalqaro grant dasturi keng dunyoqarashli a’lochi talabalarni moliyaviy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

See the source image

Grant tafsilotlari:

  • Universitet yoki tashkilot: American University of Paris;
  • Kurs darajasi: Bakalavriatura;
  • Grant miqdori: Bakalavr dasturi o‘quv to‘lovlarining 75% qismi;
  • Ariza berish tartibi: Onlayn
  • Grant turi: Xalqaro

Zaruriy hujjatlar:

  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement) va qo‘shimcha insho;
  • Qo‘shimcha mashg‘ulotlar va ish tajribasi haqida ma’lumotlar;
  • Ikkita tavsiyanoma xati;
  • So‘nggi uch yillik ta’lim baholaridan olingan rasmiy ko‘chirma;
  • SAT/ ACT sertifikati (ixtiyoriy).

Til sertifikatlari:

Nomzodlar quyidagi til sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishlari talab qilinadi:

  • TOEFL – Internet-Based Test (ibT): kamida 88. Natijalarni onlayn shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish uchun univeristet kodi - 0866;
  • Cambridge English – First, Advanced, or Proficiency daraja: kamida 176;
  • TOEIC – Listening and Reading: 810. Natijalarni onlayn shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish uchun univeristet kodi - 0866;
  • IELTS – Academic: kamida 6.5.

Ariza berish tartibi:

Nomzodlar dastlab universitet rasmiy portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda bu yerdan o‘zlari tanlagan bakalavr dasturi uchun onlayn ariza berishlari kerak. Grant uchun hujjatlari ko‘rib chiqilishini istagan arizachilar "Moliyaviy mukofotga qiziqish bildirasizmi yoki yo‘qmi?" degan qo‘shimcha savolga "ha" javobini tanlashlari kerak. So‘ngra ariza beruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy ID orqali xat olishadi.

Eslatma: Nomzodlardan grant uchun ham o‘qishga qabul arizasi bilan bir xil elektron pochta manzilidan foydalanish talab qilinadi. Nomzodlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan holda arizani to‘ldirishlari kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 815 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 066 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish