Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Fund for Peace: AQSH da amaliyot o‘tash va oylik stipendiyaga ega bo‘lish imkoniyati

21.08.2021 19:54
Fund for Peace: AQSH da amaliyot o‘tash va oylik stipendiyaga ega bo‘lish imkoniyati

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

fundforpeace.org

Grant turi:

Internship

Fund For Peace bakalavr va magistratura bosqichida o‘qiyotganlar uchun kamida 3 oy davomida Vashington shtatida amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanib, tinchlikni saqlash, inson huquqlari va xafvsizligini ta’minlash sohalariga qiziquvchi yoshlar ushbu jamg‘armada kuchli mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qolaversa, har oyda 350$ dan 750$gacha stipendiya bilan ta’minlanadilar. LEKIN dastur sug‘urta, viza, safar, turar-joy kabi xarajatlarni qoplab bermaydi.

Yil davomida 3 mavsumda arizalar qabul qilinadi:

  • Bahorgi amaliyot uchun (odatda yanvar-may): 15-noyabr
  • Yozgi amaliyot uchun (odatda may/iyun-avgust): 15-mart
  • Kuzgi amaliyot uchun (odatda sentyabr-dekabr): 15 iyul

Ariza topshirish uchun avval onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar va cover letterlarida o‘zlarining asosiy maqsad va qiziqishlarini bayon etadilar. Shundan so‘ng saralanganlar intervyu bosqichiga o‘tadilar. Eng sara nomzodlar ushbu dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Batafsil ushbu havolada.