Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya: Hamburg University of Technology - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

21.05.2021 02:41
Germaniya: Hamburg University of Technology - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

Muddati:

16.07.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.tuhh.de

Grant turi:

Bakalavriatura

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Bachelor of Science: Engineering Science (batafsil)

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 7 semestr

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kursda o‘qish bepul

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Ayni vaqtda universitetning qishki semestri uchun hujjatlarni qabul qilish davri hali ochilmagan. Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil qishki semestr uchun 15-iyul oyigacha davom etadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Deyarli barcha Germaniya universitetlari bakalavr kurslari uchun nomzodlardan bakalavr diplomi yoki bakalavr darajasi birinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida akademik litseyni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida, shuningdek bakalavr darajasi ikkinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida kollejni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida reyting baholaridan ko‘chirma talab qiladi. Ushbu kurs uchun ham shunday talab mavjud;
  2. IELTS (kamida 6.5 yoki unga teng boshqa xalqaro til sertifikatlaridan biri) sertifikati - batafsil bu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Diplom yoki birinchi/ikkinchi kurs reyting baholaridan ko‘chirma (tarjima qilingan holatda);
  2. To‘ldirilgan universitet ariza anketasi;
  3. Pasport nusxasi;
  4. Motivatsion xat (ayrim yo‘nalishlar so‘ramasligi ham mumkin);
  5. Tavsiyanoma (ayrim yo‘nalishlar so‘ramasligi ham mumkin).

Boshqa qo‘shimcha hujjatlarni kurs uchun qabul boshlangandan so‘ng bu yerdan tekshirib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Batafsil bu yerda