Government of Azerbaijan Scholarship 2022 : Ozarbayjonda tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi-$475 oylik stipendiya
Muddati:
01.04.2022
Davlat:
Ozarbayjon
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Ozorbayjon hukumati tomonidan Ozorbayjondagi eng nufuzli oliygohlardan birida barcha bosqichlarda (bakalavriat, magistratura, doktarantura, umumiy tibbiyot/rezidentura) tahsil olish uchun ushbu davlat fuqorolari (O‘zbekiston ham mavjud) uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturlarini e’lon qildi. Har yili umumiy miqdorda 40 dan ortiq talabalarga ushbu grant taqdim etiladi.
Grantning manfaatli tomonlari:
- Bakalavr, magistratura, doktorantura va boshqa kurslar uchun toʻliq kontrakt toʻlovlaridan ozod etiladi.
- Xalqaro borib kelish chiptalari xarajatlari ham qoplab beriladi.
- Ovqatlanish, turar joy va kommunal xizmatlar uchun oylik stipendiya (800 AZN= $475).
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari.
- Viza va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlaridan ham ozod etiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Bakalavr dasturlari uchun ariza beruvchi 25 yoshdan kichik bo‘lishi kerak.
- Magistratura dasturlari uchun arizachi 30 yoshdan kichik bo‘lishi kerak
- Doktorlik dasturi uchun arizachi 40 yoshdan kichik bo‘lishi kerak
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Toʻldirilgan ariza shakli;
- Oldingi o‘rta maktab yoki universitetda o‘qishdan olingan diplomlar yoki transkriptlar;
- Pasport nusxasi;
- Umumiy salomatlik holati to‘g‘risidagi hujjat (shu jumladan OIV/OITS, Gepatit B va C testlari);
- CV/Rezyume;
- Motivatsiya xati;
- Ingliz tilini tasdiqlovchi hujjat (majburiy emas);
Eslatma: dasturga hujjat topshirishdan oldin dastlab bu yerdan dasturga hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan, muvofiq davlatlar ro‘yxati, Ozorbayjondagi universitetlar ro‘yxati, shuningdek tez tez so‘raladigan savollarga ham javob olishingiz mumkin.
Barcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz so‘raladi: