Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Grant for Promotion of Journalists’ Initiatives:Jurnalistlar uchun $20,000 AQSH dollar grant dasturi

7.09.2021 00:41
Grant for Promotion of Journalists’ Initiatives:Jurnalistlar uchun $20,000 AQSH dollar grant dasturi

Muddati:

01.12.2021

Rasmiy havola:

newsprice.info

Grant turi:

Tanlovlar

Asosiy ma’lumotlar:

NewsPrice tashkiloti tomonidan barcha tashabbuskor hamda yangi loyihaga ega ammo moliyaviy jihatdan ko‘makka muhtoj bo‘lgan jurnalistlarning loyihalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida umumiy miqdorda $20 000 AQSH dollar miqdorda pul mukofoti dasturi e’lon qilindi. Grantning o‘rtacha miqdori $2,000-2,500 ni tashkil etadi. Dastlab loyihalar ko‘rib chiqilib tasdiqlangandan so‘ng grantning bir qismi to‘lab beriladi. To‘liq holatda chop etilgandan so‘ng qolgan 2- qismi ham to‘lab beriladi. Asosan loyihalar ushbu mezonlarga mos kelishi lozim.

Kimlar qatnasha oladi?

  • Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyodagi jurnalistlar uchun;
  • Jurnalistika sohasida kamida 3 yillik tajribaga ega bolishi kerak;
  • Nodavlat hamda tijorat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoki uydan turib freelancer (yollanma ishchi) sifatida nashiryotlarda, yozuvchilik uyushmalarida ishlayotgan tajribali barcha muharrirlar, muxbirlar hamda jurnalistlar ham qatnasha olishadi;

Ro‘yxatdan o‘tish: Ro‘yxatdan Bu Yerdan o‘tishinggiz mumkin.Barcha savollarga imkoni boricha anniq javob berishga harakat qiling. Har qanday savollar yuzasidan Ushbu Email manziliga murojaat qilishinggiz mumkin.

Eslatma: Sizning loyihanggizning rejasida barcha xarajatlar anniq hisob kitobga asoslangan holda ko‘rsatilishi zarur chunki shunga ko‘ra grant ajratiladi.Ammo ushbu grant offisni ijarasi, offis uchun kerakli jihozlar hamda boshqa turdagi buyumlarni xarid qilishdagi xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi.

Loyihalarmi topshirishning oxirgi muddati 1- dekabr 2021 - yil.