Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xorijda o‘qish uchun talabalik vizasi qanday olinadi?

13.08.2021 02:49
Xorijda o‘qish uchun talabalik vizasi qanday olinadi?

Rasmiy havola:

oliygoh.uz

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Agar siz chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda siz talaba bo‘lgan mamlakatga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun sizga viza kerak bo‘lishi mumkin. Ushbu maqola orqali OLIYGOH.UZ jamoasi a’zolari xorijda ta’lim olish vizasi o‘zi nima ekanligi va uni qo‘lga kiritishning umumiy jarayonini yortishga harakat qiladi.

Viza nima?

Viza - bu chet elga kirishga ruxsat beruvchi hujjat. Talaba vizasi faqat belgilangan muddatga talabalar ro‘yxatdan o‘tgan muassasada va u joylshgan davlatda ta’lim olish uchun beriladi.

Turli mamlakatlarda turli xil viza talablari mavjud, shuning uchun ham bu masalada siz uchun eng yaxshi ma’lumot manbasi siz o‘qishni xohlagan mamlakatning elchixonasi veb-sayti bo‘ladi.

Sizga qanday turdagi viza kerak?

Siz uchun kerak bo‘lgan vizaning aniq nomi va turi har bir mamlakatda turlicha bo‘ladi, ammo sizga immigratsion bo‘lmagan talaba/o‘quv vizasi kerak bo‘ladi. Bu, asosan, siz ushbu mamlakatda doimiy yashashni xohlamasligingizni va sizning vaqtinchalik o‘qish uchun yashashingizni anglatadi. Shu bilan birga, sizga kerak bo‘lgan aniq viza turini va shu sababli tegishli ariza shaklini bilish uchun o‘zingizning mamlakatingizda o‘qish uchun mo‘ljallangan manzilingizdagi elchixonaga yoki konsullikka tashrif buyuring.

Viza uchun ariza qanday beriladi?

Viza olish uchun arizalar siz o‘qishga qabul qilingan davlatning o‘z yurtingizdagi rasmiy elchixonasiga topshiriladi. Buning uchun sizga o‘qish qabul qilinganligingizni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi.

Siz qilishingiz kerak bo‘lgan birinchi ish - qaysi vizaga murojaat qilishingiz kerakligini aniqlash uchun sizni qabul qilgan universitet yoki kollej bilan bog‘lanish va/yoki sizning arizangiz uchun kerakli hujjatlarni yuborishingizni so‘rash.

Universitetingiz yoki kollejingiz sizga murojaat qilishingiz kerak bo‘lgan tegishli viza va topshirishingiz kerak bo‘lgan barcha hujjatlar to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng, siz hujjat topshirishga tayyor bo‘lishingiz kerak.

Ba’zi mamlakatlarda arizalarni pochta, kuryer, shaxsan yoki masalan, Internet orqali bir necha usullar bilan amalga oshirish mumkin. Agar bu masalada muammolarga uchrasangiz, tashrif buyurishingiz kutilayotgan mamlakatingizning elchixonasi yoki konsulligiga tashrif buyuring va qanday qilib viza olish yoki ularning veb-saytida qidirish haqida so‘rang.

Viza olish uchun qancha vaqt ketadi?

Vizalarni rasmiylashtirish mamlakatingizga va fuqaroligingizga qarab bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Vizangizni saralash uchun yetarli vaqtni qoldirganingizga ishonch hosil qiling, chunki arizani tezlashtirishga urinish tavsiya etilmaydi - bu hatto viza jarayonini siz uchun salbiy yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.