Grantlar

Hikoyalar tanlovi: Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors

Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors

783 ko'rish

Yangilangan:

Hikoyalar tanlovi: Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors

Fix, Grist yechimlar laboratoriyasi sizni ikkinchi yillik tanlov – Imagine 2200: Kelajak avlod uchun iqlim fantastikasi haqidagi umidga to‘la qisqa hikoyalar taqdim etishga taklif qiladi.

Hikoyalarda bugundan 2200 yilgacha bo‘lgan istalgan vaqt oralig‘i tasvirlanishi va toza, yashil hamda adolatli kelajakka yo‘l ko‘rsatishi lozim. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan jamiyatlarning yechimlarini aks ettiruvchi hikoyalarga afzallik beriladi. 3 000 dan 5 000 tagacha so‘z yordamida siz qurishni orzu qilgan dunyongizni ifodalab bering.

Hikoyaga qo‘yiladigan talablar:

-Umid;
-Jonli belgilar;
-Madaniy muhit;
-Ijodiy yechimlar.

Shuningdek, ishlar badiiy til sifati, o‘ziga xosligi, kreativligi va texnikasi, shuningdek, voqeani aks ettiruvchi atrof-muhit, ilmiy, tarixiy va/yoki madaniy asosning chuqurligiga qarab baholanadi.

Foydali tomonlari:

-Pul mukofotlari;
-Hikoyaning 2022 yilning kuzida Fix saytida nashr etilishi;

G‘olib yozuvchi $3000, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan finalchilar mos ravishda $2000 va $1000 bilan taqdirlanadi. Qo‘shimcha to‘qqiz nafar finalchining har biriga $300 beriladi. Barcha g‘oliblar va finalchilar hikoyalari Fix veb-saytida immersiv to‘plamda nashr etiladi.

Hikoyalarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2022-yil 5-may, 23:59.

Ishlar nashr qilinadigan sana: 2022-yil kuz.

Hikoyangizni ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 114 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 821 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish