Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Imagine 2200: Sovrin jamg‘armasi umumiy 8700$ lik insholar tanlovi

27.02.2021 14:44
Imagine 2200: Sovrin jamg‘armasi umumiy 8700$  lik insholar tanlovi

Muddati:

12.04.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

grist.org

Grant turi:

Tanlovlar

Tugash muddati:
2021 yil 12-aprel

Kimlar qatnasha oladi:
Tanlovda 18 yosh va undan katta yoshdagi barcha ishtirok etishi mumkin.

Tafsilotlar:
Tanlov Amerikaning onlayn-jurnali Grist.org tomonidan olib boriladi va unga ko‘ra qatnashchilar kelgusi 180 yillik iqlim va olam taraqqiyotini tasavvuran yoritib beradigan o‘zlarining qisqa hikoyalarini topshirishlari kerak. Insholar hikoya shaklida bo‘lib, asosan 2200-yilda bizning sayyoramiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, kelajakdagi shaharlarda qanday harakat qilishimiz, Biz nima iste’mol qilishimiz, qanday yashashimiz kabi jihatlar tasavvuran yoritib berilishi kerak.

Hikoyalar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Hikoyalar ingliz tilida yozilgan, 3000-5000 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.
  • Hikoyalar ilgari nashr qilinmagan bo‘lishi kerak.

Kirish narxi:
Tanlovga kirish bepul.

Sovrin miqdori:
• 1-o‘rin uchun: 3000 AQSh dollari
• 2-o‘rin uchun: 2000 AQSh dollari
• 3-o‘rin uchun: 1000 AQSh dollari
• Qo‘shimcha to‘qqizta finalistning har biriga 300 AQSh dollari miqdorida gonorar beriladi.

Batafsil rasmiy saytda