Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Imtihonsiz o‘qishga kirish: DTM bali bilan qabul qilayotgan universitetlar

04-avgust 15:39
Imtihonsiz o‘qishga kirish: DTM bali bilan qabul qilayotgan universitetlar

Har yili minglab abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun davlat test imtihonida ishtirok etadi. Biroq ba’zilar kutgan natijasini ololmaydi va bu holat ko‘pchilik uchun katta tushkunlikka sabab bo‘ladi. Aslida esa, orzuingizdagi yo‘nalishda o‘qish uchun imkoniyatlar ko‘proq, va ularni to‘g‘ri tanlay olish muhim.

Bugun bir qator xususiy oliy ta’lim muassasalari DTM natijasiga asoslangan, lekin qo‘shimcha testlarsiz, imtihonsiz qabul qilish tizimini joriy qilgan. Bu esa kamroq ball to‘plagan abituriyentlar uchun o‘qishga kirishning yangi eshigini ochadi.

Nega universitetlar imtihonsiz qabul qilmoqda?

Bu universitetlar DTM test natijasini kirish mezoni sifatida tan olib, abituriyentlarni suhbat yoki ichki imtihonsiz ham qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Shartlar oddiy:

  • DTMdan minimal belgilangan ballni to‘plash
  • Mentalaba.uz platformasida profil to‘ldirish
  • Onlayn tarzda hujjat topshirish

DTM bali bilan imtihonsiz qabul qilayotgan universitetlar ro‘yxati

Quyidagi ro‘yxatdagi universitetlar abituriyentlarni DTMdan belgilangan minimal ball bilan imtihonsiz qabul qilmoqda. Har bir universitetda talablar har xil bo‘lishi mumkin — shuning uchun e’tibor bilan tanishib chiqing:

Universitet nomi

Minimal DTM bali

Izoh / Maxsus shartlar

Tashkent International University of Education (TIUE)

40 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

International School of Finance, Technology and Science (ISFT)

50 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

University of Business and Science

(UBS)

50 ball

Tibbiyot yo‘nalishlarida 80 ball va qo‘shimcha suhbat bo‘lishi mumkin

Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU)

50 ball

Tibbiyot yo‘nalishlarida 80 ball va qo‘shimcha suhbat bo‘lishi mumkin

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti (BIU)

50 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Osiyo Texnologiyalar Universiteti

50 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

SHARQ UNIVERSITETI

50 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT)

55 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Xalqaro TMC instituti

56.7 ball

Mahalliy yo‘nalishlar uchun

Navoiy innovatsiyalar universiteti (NIU)

56.7 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Xalqaro Nordik universiteti

60 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

ZARMED universiteti Buxoro va Samarqand filiallari

60 ball

Tibbiyot yo‘nalishlarida 80 ball va qo‘shimcha suhbat bo‘lishi mumkin

Fan va texnologiyalar universiteti

60 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

OXUS UNIVERSITETI

70 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU)

70 ball

Barcha yo‘nalishlar uchun

Qanday hujjat topshiriladi?

Mentalaba.uz platformasi orqali siz quyidagicha ariza topshirasiz:

  1. Saytda ro‘yxatdan o‘tasiz — mentalaba.uz
  2. Profilingizga DTM sertifikati ma’lumotlarini kiritasiz
  3. Sizga mos universitet va yo‘nalishni tanlang
  4. Bir bosish orqali hujjat toopshiring

Barcha jarayonlar 100% onlayn va mutlaqo bepul.

Xulosa

DTM imtihonidan yuqori ball ololmagan bo‘lsangiz ham, bu siz uchun oliy ta’lim eshiklari yopildi degani emas. Bugun sizda real va qonuniy asosda o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.

Minimal ball bilan maksimal natijaga erishmoqchimisiz? Unda imkoniyatni boy bermang:

👉 Mentalaba.uz orqali hujjat topshiring

🎓 Va 2025-yilgi talabalik hayotingizni boshlang!