Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi" ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi

25.07.2021 18:16
Respublika

Xabaringiz bor, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va “REGISTON” o‘quv markazi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli Ingliz tili fanidan Olimpiada o‘tkazildi! O‘zbekistonning turli viloyatlaridan ilmga chanqoq minglab yoshlar ushbu olimpiadada ishtirok etishdilar.

Olimpiadaning birinchi iva ikkinchi bosqichlari OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida tashkil etildi. Olimpiadaning 1-bosqichi 11-iyul kuni bo‘lib o‘tdi va Respublikamizdan jami 9 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi va eng yaxshi nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Olimpiadaning 2-bosqichi 18-iyul kuni Respublikamizdan minglab iqtidorli yoshlaridan saralanib olingan 1000 nafar eng yaxshi nomzod ishtirok etish huquqini olishdi.

Olimpiada yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final bosqichi) ga eng yaxshi natija ko‘rsatgan 169 nafar (bir yuz oltmish to‘qqiz nafar) ishtirokchi yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Olimpiadaning final bosqichi bugun 25-iyul soat 09:00 da boshlandi.

Final bosqichi Registon o‘quv markazining Registan ACADEMY va Registan Chilanzar filiallarida bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada ishtirokchilar Speaking ko‘nikmasini 09:00 dan 13:00 ga qadar imtihondan o‘tkazishdi. Speaking imtihoni Respublikamizning eng nufuzli expert ustozlari va native speakerlari tomonidan o‘tkazildi.

Olimpiadaning asosiy imtihoni 14:00 da boshlandi va 17:00 ga qadar davom etdi. Xolislik va to‘liq shaffoflikni ta’minlash uchun asosiy imtihon videokameralar orqali yozib olindi va Youtube platformasida barcha uchun to‘g‘ridan-tog‘ri onlayn translatsiya qilib borildi.

Imtihon natijalari 26-iyul kuni e’lon qilinadi, natijalar ishtirokchilarga sms xabarnoma tarzida yetkaziladi va 27-iyul sanasida eng munosib mutlaq g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblariga maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar topshiriladi:

1-o‘rin sohibiga: Noutbook kompyuter va qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

2-o‘rin sohibiga: Samsung A21 mobil telafoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

3-orin sohibiga: Xiaomi 9A mobil telefoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

Eslatma sifatida aytib o‘tamiz, Ishtirok etgan barcha nomzodlar OLIYGOH.UZ ta’lim platformasidagi "Shaxsiy kabinet" yoki olimpiadaning dastlabki oynasi orqali o‘z natijalarini ko‘rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Ushbu tashkil etilgan olimpiada “REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi hamkorligidagi tashkil etilgan dastlabgi olimpiadalardan biri bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab millionlab yoshlarni qamrab oladigan FAN olimpiadalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga, ularning ota-onalariga hamda ular bilan hamroh bo‘lib kelgan barcha yaqinlariga Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi nomidan minnatdorlik izhor qilamiz.

Olimpiada bo‘yicha foto-galareya: