Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniyada Max Planck institutlarida kompyuter fanlari bo‘yicha to‘liq moliyalashtiriluvchi amaliyot

21.03.2022 23:53
Germaniyada Max Planck  institutlarida kompyuter fanlari bo‘yicha to‘liq moliyalashtiriluvchi amaliyot

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.cis.mpg.de

Grant turi:

Aspirantura, Bakalavriatura, Internship, Magistratura

Umimiy ma’lumotlar:

Germaniyada komputer fanlari bo‘yicha amaliyot: Informatika Institutlari (Saarbryuken), Dasturiy ta’minot tizimlari (Saarbrucken va Kayzerslautern) va Xavfsizlik va Maxfiylik (Bochum) kompyuter fanining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot amaliyotini taklif qiladi.

Foydali jihatlari:

  • Barcha amaliyotchilar oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Bepul (umumiy) uy-joy;
  • Amaliyot o‘taydigan institutga borish kelish xarajatlari ham qoplanadi.
  • Odatda amaliyot 12 dan 14 haftagacha davom etadi, ammo uzoqroqqa cho‘zilishi ham mumkin.
  • Maks Plank Institutlari kompyuter fanining to‘liq spektri bo‘yicha jahon darajasidagi professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro miqyosda mashhur tadqiqot hamjamiyatini taklif etadi.
  • Amaliyotchilar kompyuter fanida ilg‘or tadqiqotlar olib borishda bevosita amaliy tajribaga ega bo‘ladilar. Muvaffaqiyatli amaliyotchilar ko‘pincha eng yaxshi ilmiy konferensiyalarda ham olib keladi. Maks Plank institutida amaliyotni o‘tash - bu kelajakdagi tadqiqot karerangizni boshlashning ajoyib usuli;

Kimlar qatnasha oladi:

  • Amaliyotlar butun dunyo bo‘ylab kompyuter fanlari bo‘yicha asosiy ma’lumotga ega(amaliyot boshlanishiga qadar standart kompyuter fanlari bakalavriat bosqichining 3 kurs talabalari) hamda ushbu soha tadqiqotlariga qiziqishi bo‘lgan istisno bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar .
  • Xuddi shunday ma’lumotga ega bo‘lgan va akademik komputer fanlariga tadqiqotlariga qiziqish bildirgan soha vakillari ham murojaat qilishlari mumkin.
  • Bakalavr yoki magistrlik dissertatsiyasi loyihalarini izlayotgan talabalar ham ariza topshirishlari mumkin. Talabaning universiteti ruxsat bergan taqdirda amaliyot loyihasi dissertatsiyaga aylantirilishi mumkin.
  • Amaliyotlar, shuningdek, doktorantura bosqichidagi talabalar uchun tadqiqot karerasini boshlashdan oldin kompyuter fanlari bo‘yicha tadqiqotlarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir .
  • Turli ilmiy ma’lumotlarga ega va turli yo‘nalishlarda tahsil olgan nomzodlar ham qatnashishi mumkin, masalan, ijtimoiy fanlar, iqtisod, huquq, gumanitar fanlar va boshqalar.

Muhim sanalar:

  • May va avgust oylarida boshlanadigan amaliyot uchun 1 dekabriga qadar ariza topshiring;
  • Yilning boshqa istalgan vaqtida boshlanadigan amaliyot uchun mo‘ljallangan boshlanish sanasidan kamida 4 oy oldin murojaat qiling.

Ariza berish jarayoni:

Eslatma: Ariza natijasi haqida sizga elektron pochta orqali xabar beriladi. Ishtirokchi institutlardagi tadqiqot guruhlari sizning arizangizni ko‘rib chiqadi. Ushbu davr mobaynida sizga telefon orqali intervyu olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Amaliyot dasturida qauyidagi institutlar ishtirok etadi:

Bu yerdan tez tez beriladigan savollarga javob topishingiz mumikin. Batafsil rasmiy saytdan bilib olishingiz mumkin.