Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

INTERVYU: AQShning Widener Universitetiga 88 000 dollar yutib vatandoshimiz Azamat Toshbotirov bilan suhbat

9.04.2021 15:18
INTERVYU: AQShning Widener Universitetiga 88 000 dollar yutib vatandoshimiz Azamat Toshbotirov bilan suhbat

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Grant turi:

Bakalavriatura

O‘zingiz haqqingizda qisqacha ma’lumot bering?

Men Toshbotirov Azamat Uktamovich 1999 yil Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilganman, 2018 yil kasb-hunar kollejini tamomlaganman va 2021 yil Amerikaning Widener Universiteti talabasi bo‘ldim grant asosida. Va shu yilning o‘zida 5 ta universitetga kirdim

Nega chet elda bakalavr o‘qishga qaror qildingiz? Nega aynan siz o‘qiyotgan programmani tanladingiz?

Kollejni tamomlaganimdan so‘ng biznes va IT sohasiga juda qizib qoldim, va oldimga chet elda o‘qiyman deb vazifa qo‘ydim. Hozirgi mutaxassisligim Xalqaro biznes va bu men uchun eng muhim yo‘nalish. Chunki, biznes orqali yangidan yangi savdo aylanmasini yaratish mumkin, asosiy maqsadim yurtimga yangi iqtisodiy o‘zgarishlarni olib kirish.

Grant miqdori qancha?

Jami grant miqdori $88.000. Shundan Widener University Scholarship $20.000 har yilgi o‘quv yili uchun beriladi 4 yil uchun. Ikkinchi grant miqdori nisbatan ancha kam Global Development Scholarship yiliga $2.000 ajratadi va bu ham 4 yil uchun.

Bakalavrga o‘qishga kirish osonmi? O‘qishga kirish talablari qanaqa? O‘qishga topshirishda o‘zingiz qo‘llagan strategiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.

Umuman olganda Amerika Universitetlariga kirish qiyinchilik tug‘dirmaydi agarki barcha talablarni bajarsangiz. Odatda ariza topshirilgandan so‘ng 1 oyda javob xati keladi. Lekin aksariyat universitetlar ariza uchun pul oladi $70 atrofida. Lekin Widener University ariza uchun pul talab qilmaydi faqat talaba bo‘lgandan so‘ng $400 deposit so‘raydi. Kirish talablari quyidagi hujjatlar so‘raydi:

  • Onlayn ariza
  • Til setifikati (IELTS)
  • Motivation essay
  • Recommendation letter from teacher
  • Diplom va baholari
  • CV

Va yana boshqa hujjatlar. Mening strategiyam shunday ediki, deadline sanasini o‘tkazib yubormaslik va universitet bilan doim aloqada bo‘lish

Bundan tashqari, hujjatlarni nechta va qaysi universitetlarga topshirdingiz? Nechtasi sizni qabul qildi va nechtasidan rad javobini oldingiz? Topshirgan programmalarni saralashda siz qanday mezonlarga tayangansiz?

Hujjat to‘plash grant yutishning asosiy qismi. 2020 yil birinchi marta o‘qish bepul bo‘lgan University of Peoplega kirganman va menga $1200 berildi. Uopeople Amerika va dunyoda birinchi o‘qish bepul bo‘lgan onlayn universitet hisoblanadi. Sentabr oyida IELTS 6.5 olganimdan so‘ng chet el universitetlariga harakat qilishni boshladim. Birinchi urinishim muvaffaqiyatli bo‘ldi, keyinchalik 5 dan ziyod universitetlarga hujjat yubordim, ularning ko‘pchiligi AQSH va Angliya oliygohlari. Lekin hali hech qaysidan rad javobi olmaganman. Kirgan universitetlarim; Beloit College, Widener university, Uopeople, Swansea University, Synergy University va qolganlarini javobini kutyapman. Deyarli hammasida biznes yoki IT sohasini tanlaganman.

Siz bitirgan programmaga nechta grant o‘rni ajratilgan? Nima deb oy’laysiz, nimaga aynan sizni tanlashdi?

Grant o‘rinlari ma’lum emas, ammo bu grant qisman kontrakt uchun beriladi. Va universitet eng salohiyatli, a’lochi va bilimdon talabalrni qabul qiladi. Fikrimcha meni tanlagani, menda yuqori akademik natijalar borligi bois. Kollejdagi baholarim hammasi a’lo(5), tel sertifikati borligi va mukammal insho. Shuningdek ish tajribam borligini grant yutishimning asosiy qismi deb bilaman.

Sizga o‘xshab chet elda o‘qimoqchi va grant yutmoqchi bo‘lgan obunachilarimizga qanday amaliy maslaxatlar bera olasiz? Ishni nimadan boshlash kerak? Nimalarga e’tibor berish kerak? Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Chet elda o‘qimoqchi bo‘lgan hamyutlarimizga shuni tavsiya beramanki, avvalo oliygohning reytingiga e’tibor bering va kontrakt so‘mmasiga. Chunki aksariyati juda qimmat $15 dollardan 40 ming dollargacha bir yil uchun. Moliyaviy xarajatlarni hammasini hisoblab boring, undan so‘ng hujjatlaringizni tayyorlang. Asosiy hujjatlar; IELTS (6 ball), kollej yoki maktam diploma ilovasi bilan( inglizcha tarjima), ACT, SAT setifikatlari, mustqalish ish, CV va boshqalar. Hammasi toliq bo‘lgandan so‘ng ariza bering. Ariza berish sanalari cheklangan shunga ahamiyat bering.

Motivatsion xat va CVni to‘ldirishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Motivatsion xat o‘rtacha 450 va 600 ta so‘zdan iborat inshodir. Motivatsion xatda, o‘zingiz haqida oilaviy sharoitingiz, ta’limingiz va nega so‘ralgan oliygohga topshirishing haqida yozasiz. Tavsiyam inshoyingizni wordda yozib saqlab turing, chunki uni web saytda qo‘lda yozasiz ma’lum bir vaqt ichida. CV esa qisqacha o‘zingiz haqingizda ma’lumotnoma. CV xatni mukammal to‘liq yozilsa imkoniyatiz ko‘proq bo‘ladi. Men ikkalasini ham 1 oycha avval to‘ldirib chiqqanman ariza berishdan avval. Ikkala xatda ham e’tibor bering bironta ham yolg‘on ma’lumot bo‘lmasigi kerak. Shunday bo‘lsa arizangizni ko‘rib chiqmaydi.

Yaqin muddatli rejalaringiz qanaqa?

Rejam aniq, Amerikada o‘qish. Lekin haliham qolgan univeritetlardan javob xatini kutyapman chunki yana birnechta grantga ariza berganman. Sentabrdan o‘qish boshlanadi qaysi universitet ekanligini yaqin bir ikki oy ichida bilib olaman. Widener university eng qulay variantlardan biri. Hammaga omad tilayman, maroqli suhbat uchun tashakkur!

Otabek Akromov suhbatlashdi