Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

IT sertifikatlari uchun to‘lovlar ingliz tilidan B2 darajasiga ega yoshlarga qoplab beriladi

25-fevral 07:38
IT sertifikatlari uchun to‘lovlar ingliz tilidan B2 darajasiga ega yoshlarga qoplab beriladi

Ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajaga ega yoshlar uchun IT sertifikatlarini olish xarajatlari to‘liq qoplanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga (manba) asosan, IT sohasida xalqaro sertifikat olish istagidagi yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish uchun sarflangan xarajatlarning 60 foizi qoplanadi

Ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajaga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin?

📌 Yoshlar xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ni qoplash bo‘yicha arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda topshirishlari mumkin.

Bu qaror IT sohasi bo‘yicha xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlashni rag‘batlantirish va yoshlarning malakasini oshirish maqsadida qabul qilingan.