Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti e’lon qilindi

09-oktabr 17:11
Xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti e’lon qilindi

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan xorijda istiqomat qilayotgan va o‘zbek tili, adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qishni istagan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

Grant tanlovlarida ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagi shartlarga javob berishi lozim:

  • Talabgor yoki uning ota-onasi, bobo va momosi etnik o‘zbek yoki qoraqalpoq bo‘lishi va hozirda xorijda istiqomat qilishi kerak;
  • 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • O‘zbek tilini bilishi kerak.

Tanlovlar kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida o‘tkazilib, eng yuqori ball to‘plaganlar grantga ega bo‘ladi. Arizalar 2024-yilning 20-oktabrigacha qabul qilinadi.

O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari mavjud oliygohlar roʻyxati:

  1. Buxoro davlat pedagogika instituti
  2. Buxoro davlat universiteti
  3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
  4. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
  5. Fargʻona davlat universiteti
  6. Guliston davlat pedagogika instituti
  7. Guliston davlat universiteti
  8. Jizzax davlat pedagogika universiteti
  9. Milliy rassomlik va dizayn instituti
  10. Namangan davlat pedagogika instituti
  11. Namangan davlat universiteti
  12. Navoiy davlat pedagogika instituti
  13. Nukus davlat pedagogika instituti
  14. Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
  15. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
  16. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
  17. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
  18. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali
  19. Oʻzbekiston Milliy universiteti
  20. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
  21. Qarshi davlat universiteti
  22. Qoʻqon davlat pedagogika instituti
  23. Qoraqalpoq davlat universiteti
  24. Samarqand davlat chet tillar instituti
  25. Samarqand davlat universiteti
  26. Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali
  27. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
  28. Shahrisabz davlat pedagogika instituti
  29. Termiz davlat pedagogika instituti
  30. Termiz davlat universiteti
  31. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
  32. Toshkent davlat pedagogika universiteti
  33. Urganch davlat pedagogika instituti
  34. Urganch davlat universiteti