Yaponiya: Awaji Youth Federatsiyasi bir yillik amaliyot o‘tash dasturini taklif qiladi
Muddati:
30.11.2021
Davlat:
Yaponiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Internship
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Аwаji Youth Federation - Pasona Groupning yangi va istiqbolli loyihalaridan biri hisoblanadi. Loyiha 2017-yilda Avaji orolida tashkil etilgan. Tashkilotchilar rivojlanishni xohlaydigan yosh liderlarni ushbu loyihaning bir qismi bo‘lishga va bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka taklif qiladilar.
Tashkilotchilar taklif qilishadi:
- Pasona Group Inc bilan 1 yil davomida shartnoma asosida ishlash;
- Haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat ishlashingiz kerak bo‘ladi;
- Ish haqi - oyiga 250,000JPY;
- Tibbiy sug‘urta, pullik ta’til (10 kun).
Ariza topshirish 1-sentyabrdan boshlanadi va 30-noyabrgacha davom etadi. Dekabr-yanvar oylarida intervyu bo‘lib o‘tadi. Amaliyot dasturi 2022-yil aprel oyida boshlanadi.
Ariza topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi va kerakli ma’lumotlar to‘ldiriladi.
Dastur davomida ishtirokchilar malakali mutaxassislar bilan ishlash va tajriba almashish imkoniga ega bo‘libgina qolmay, kelgusida yangi hamkroliklarni yo‘lga qo‘yishlari va hatto ishga qabul qilinishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Email : info@awaji-youth-federation.com
Tel : (+81) 050-3684-4385