Yaponiya: Bakalavr va magistratura talabalari uchun qiymati taxminan 910 AQSh dollari miqdorida oylik stipendiya

Universitet haqida qisqacha:
Tsukuba universiteti - Yaponiyaning Tsukuba shahrida joylashgan bo‘lib - Yaponiya hukumati tomonidan tashkil etilgan milliy universitet hisoblanadi. U Yaponiyaning eng obro‘li milliy universitetlaridan biridir. Universitetda 2800 ta akademik klaster va kollejlar mavjud. Universitet THE (Times Higher Education) e’lon qilgan xalqaro universitetlar dunyo reytingida #401-450 o‘rinni egallaydi.
Dastur haqida qisqacha:
Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Mabuchi International Scholarship Foundation 2021 dasturi universitetning bakalavr va magistratura bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan moliyaviy imkoniyatlari cheklangan xalqaro talabalarni moliyaviy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
Dasturning manfaatli tomonlari:
- Dastur g‘oliblari uchun qiymati taxminan 910 AQSh dollari miqdorida oylik stipendiya taqdim etiladi.
Ariza berish tartibi:
Dasturga ariza berish uchun dastlab nomzodlar bu yerda universitetning bakalavr va magistratura dasturlaridan biriga onlayn ariza topshirishlari va qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, bu yerdan dastur uchun alohida ariza shaklini to‘ldirishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun bu yerga tashrif buyuring.