Kimlar test sinovi uchun to‘lov qilishmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Amaldagi tartibga ko‘ra, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
Ammo, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori hamda 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmasligi belgilab qo‘yilgan:
- Test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).Shuningdek:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.