Kontrakt to‘lamagan talabalarni imtihonga kiritmaslik mumkinmi?

Kontraktni to‘liq to‘lamagan talabalarni imtihonga kiritmaslik qonuniymi?
Ko‘plab talabalarning asosiy savollaridan biri – kontrakt summasini to‘liq to‘lamagan taqdirda yakuniy yoki oraliq imtihonlarga kiritilmaslik qonuniymi?
Javob: Yo‘q, bu noqonuniy!
✅ Kontrakt to‘lovining kechiktirilishi yoki to‘liq to‘lanmaganligi talabaning yakuniy va oraliq imtihonlarga kiritilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
✅ Agar talaba umuman kontrakt to‘lamagan bo‘lsa, uni talabalar safidan chetlatish mumkin.
⚠️ Biroq, oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritmaslik, ataylab talabani yiqitish, darsga kiritmay NB qo‘yish yoki boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirish mutlaqo mumkin emas.
Agar bunday holatlar kuzatilsa, talabalarga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun universitet rektorati yoki tegishli vazirliklarga murojaat qilish tavsiya etiladi.