Juda ko‘p kitob o‘qishning 4 usuli
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Kitob o‘qish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday bo‘lsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.
Foto: Flickr
Agar kitob yoqmasa, o‘qimang
Siz ham qiyinchiliklar oldida bo‘yin egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yoqmagan bo‘lsa, o‘qimang va buning uchun o‘zingizni ayblashni bas qiling.
Har bir bo‘sh daqiqadan foydalaning
Yozuvchi Stiven King muallif sifatida o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qishda deb biladi va sizga ham kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa, yozuvchi bo‘lishni xohlasangiz. Uning o‘zi uydan kitobsiz chiqmaydi va hamma joyda o‘qiydi.
Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.
Rejalaringiz haqida gapirmang
Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qo‘ying, lekin bu haqda boshqalarga aytmang.
Qog‘oz kitoblarni o‘qing
Qog‘oz kitoblarni o‘qish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob o‘qishda biz ko‘pincha internetga kiramiz va o‘qishni tashlashga majbur bo‘lamiz.
Qog‘oz kitoblarni esa qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.