Grantlar

Lifeasapa International Undergraduate Scholarship: Daniyada bakalavriat bosqichida grant asosida tahsil olish imkoniyati. Grant miqdori - $75 000

LifeAsapa: Daniya davlatida bakalavr bosqichi uchun 75 000 AQSh dollarga teng grant dasturi

397 ko'rish

Lifeasapa International Undergraduate Scholarship: Daniyada bakalavriat bosqichida grant asosida tahsil olish imkoniyati. Grant miqdori - $75 000

Umumiy Ma’lumotlar:

LifeAsapa Foundation endilikda 2022-2023 o‘quv yili uchun a’lochi xalqaro talabalarga LifeAsapa Undergraduate Student Scholarship gant dasturini taqdim etadi. Grant dasturi Daniya davlatidagi hamkor universitetlarning birida texnik bakalavr dasturlarida o‘qishni istagan talabalarga yordam sifatida taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Odatda grant g‘oliblar uchun quyidagi uch xil shaklda taqdim etiladi:

  1. Bakalavriat kursining birinchi yilida o‘qish uchun 10,000 AQSh dollari miqdorida grant puli va 2,000 AQSh dollarlik oylik stipendiya;
  2. Uch yillik bakalavr kursining uchun 50% to‘lovi miqdorida grant puli;
  3. Bakalavr kursining to‘liq davri uchun 100% to‘lovi miqdorida grant puli.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

Quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar grant dasturi uchun ariza bera olishlari mumkin:

  • Nomzodlar AQSh va Kanada fuqarolari yoki ushbu mamlakatlarning doimiy aholisi bo‘lmasliklari kerak;
  • Hamkor universitetlar orasidan o‘zlari tanlagan universitetning bakalavriat dasturlaridan birida o‘qish uchun qabul qilinganlik xati olishlari kerak;
  • Maktabni a’lo baholarga tugatgan, masalan:
    • GCE A darajalarida 4 ball;
    • Tasdiqlangan Foundation dasturida jami 98% ball;
    • Xalqaro bakalavr (IB) dasturida 44 ball.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV (ushbu havola orqali Yevropa standartlariga mos CV tayyorlashingiz mumkin);
  2. Grant uchun ariza - bu yerda onlayn to‘ldirishingiz kerak;
  3. Motivatsion xat (1000 tagacha so‘zdan iborat);
  4. Ingliz tilini yaxshi bilishingizni isbotlovchi hujjat, bu siz bilan tanish bo‘lgan birorta Ingliz tilida ona tilisi bo‘lgan shaxs tomonidan yozilishi kerak;
  5. Bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan daraja va uning baholaridan ko‘chirma;
  6. GRE, TOEFL yoki IELTS natijalari.

Yuqorida so‘ralgan barcha hujjatlarni bitta PDF FAYLI ko‘rinishida quyidagi elektron manzilga yuborishingiz kerak:

Tugash muddati: 31-dekabr 2022-yil

Batafsil rasmiy saytda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish