Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya talablari yengillashtirilishi mumkin
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, sohada lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2023 yil 1 avgustga qadar:
- nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda ularning elektron kutubxonasi, axborot-resurs markazlari, o‘qituvchilarning toifalari, bir sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtirish;
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga sport zali va talabalar dam olish joylarini ularga ijara va bepul foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etish taklif etilmoqda.
Natijada, ortiqcha va asossiz cheklovlarning bekor qilinishiga erishiladi va xususiy maktablar soni hozirgi 334 tadan (umumiy ulushning 3 foizidan) sezilarli oshiriladi.
Masalan, lisenziya talablariga muvofiq xususiy maktablarni tashkil qilish uchun:
- bitta sinfdagi ta’lim oluvchilarning maksimal soni 1–4-sinflarda – 20 nafardan, 5–9-sinflarda – 24 nafardan, 10–11-sinflarda – 20 nafardan oshmasligi lozim. Davlat maktablari uchun bu talab 30 nafarni tashkil qiladi;
- kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxonasi, kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa ko‘chirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi, o‘z stadioni (o‘yin maydoni) va dam olish joylari bo‘lishi kerak;
- o‘qituvchilarning 30 foizi – mutaxassislar, 30 foizi – ikkinchi, 30 foizi – birinchi va 20 foizi – oliy malaka toifali bo‘lishi lozim.
Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish mumkin: https://2023.strategy.uz/83-2/