Grantlar

Lorenzo Natali Media 2021: G‘oliblar uchun 10 000 yevro miqdorida mukofot puli taqdim etiladigan jurnalistik tanlov

Jurnalistikaning dunyodagi yetakchi mukofotlaridan biri - Lorenzo Natali Media mukofotini qo‘lga kiritishda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi.

443 ko'rish

Yangilangan:

Lorenzo Natali Media 2021: G‘oliblar uchun 10 000 yevro miqdorida mukofot puli taqdim etiladigan jurnalistik tanlov

Tanlov haqida qisqacha:

Lorenzo Natali Media mukofoti Yevropa Komissiyasi tomonidan 1992-yilda jurnalistikadagi jasoratni sharaflash maqsadida ta’sis etilgan. U tengsizlik, qashshoqlikni yo‘q qilish, barqaror rivojlanish, atrof-muhit, biologik xilma-xillik, ish joylari va ish bilan ta’minlash, ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, migratsiya, sog‘liqni saqlash va tinchlik, demokratiya va inson huquqlari mavzularida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar haqida xabar beradigan jurnalistlarning ishlarini mukofotlaydi.

Jurnalistik ishlar qanday mavzularda bo‘lishi kerak?

Taxminan o‘ttiz yil davomida Lorenzo Natali Media mukofoti quyidagi kabi dolzarb mavzular bo‘yicha sifatli va jasur reportajlar uchun berilib kelinmoqda:

  1. Tengsizlik,
  2. Qashshoqlikni yo‘q qilish,
  3. Barqaror rivojlanish,
  4. Atrof muhit, biologik xilma-xillik, iqlim ta’siri,
  5. Raqamli (bo‘shliq, ulanish, elektron boshqaruv, tadbirkorlik),
  6. Ish va ish bilan ta’minlash,
  7. Ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish,
  8. Migratsiya,
  9. Sog‘liqni saqlash (foydalanish, yordam) va
  10. Tinchlik, demokratiya va inson huquqlari.

Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

Agar siz jurnalist bo‘lsangiz, ushbu uchta toifadan birini ushbu onlayn formada tanlagan holatda bitta ariza yuborishingiz mumkin:

  • Gran-pri: Yevropa Ittifoqining a’zo mamlakatlaridan birida ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilgan reportaj uchun.
  • Yevropa mukofoti: Yevropa Ittifoqidagi ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilgan reportaj uchun.
  • "Eng yaxshi yosh jurnalist" mukofoti: 30 yoshgacha bo‘lgan jurnalistning Yevropa Ittifoqida yoki uning a’zo mamlakatlaridan birida joylashgan ommaviy axborot vositalarida chop etilgan ma’ruzasi uchun.

Tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega davlatlar ro‘yxati - bu yerda (O‘zbekiston ham ro‘yxatda bor).

Tanlovning sovrin qiymati:

  • Tanlovda umumiy 3 tagacha qatnashchi g‘olib sifatida 10,000 yevrolik pul mukofati bilan taqdirlanadi,
  • Shuningdek, "Eng yaxshi rivojlanayotgan jurnalist" nominatsiyasi g‘olibiga media-sherik bilan ishlash va tajriba olish imkoniyati taklif etiladi.

Arizalarni bu yerdan yuboriladi. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2021 yil 19 aprelgacha.

Batafsil rasmiy saytda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish