Magistraturaga qishki qabul natijalari e’lon qilindi
14.02.2023 21:00

Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi
- 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.
Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Kollej, OTM, 2-mutaxassislik — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?
14-iyun 10:44
Magistraturaga kirish uchun IELTS 4.5 yoki B1 yetarli!
25-fevral 07:24