Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ballari oshdi

30-iyul 18:58
Maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ballari oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha o‘rtacha ballari sezilarli darajada oshgan.

O‘rtacha ball ko‘rsatkichlari:

  • 2020-yil: 69,8 ball
  • 2021-yil: 74,9 ball
  • 2022-yil: 75,8 ball
  • 2023-yil: 76,1 ball
  • 2024-yil: 78 ball

2024-yilgi abituriyentlarga tegishli o‘rtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali umumiy ko‘rsatkichdan 7,2 ball yuqori bo‘ldi.

Yuqori ball to‘plagan abituriyentlar:

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75+ ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir. Bu joriy yil bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.